Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Farg‘onada meva-sabzavot eksportini 500 million dollarga yetkazish muhim ekani qayd etildi

Farg‘onada meva-sabzavot eksportini 500 million dollarga yetkazish muhim ekani qayd etildi

Farg‘ona tumanidagi 15 ta mahallada 5 mingdan ortiq xonadon tomorqada malina etishtirmoqda.

Dehqonlar malina pishgandan keyin 2-3 kunda sotilmasa, narxi 20 foizgacha tushishi, saqlashga omborxona yetishmayotganini aytmoqda.

Mutasaddilarga Farg‘ona tumanidagi 10 ta mahallada 50-100 tonnalik kichik omborxona qurib, dehqonlarga imtiyozli lizing asosida berish topshirildi.

Umuman, bu yil 611 ming tonna meva, 252 ming tonna uzum, 1,8 million tonna sabzavot, 119 ming tonna sholi yetishtirib, meva-sabzavot eksportini 25 foizga o‘stirib, 500 million dollarga yetkazish muhim ekani qayd etildi.

Kiritildi: Bugun 14:20. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!