Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Bosh prokuratura shtabi tomonidan Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirida "D. B." OAJga qarashli noturar bino hisoblagichining ulanish sxemasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirganligi aniqlandi.

Shuningdek, Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan nazorat tadbirida fuqaro J. Z. ga qarashli suv nasoslari hisoblagichining ulanish sxemasi o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarliklar natijasida, elektr ta’minoti korxonasiga jami 2 milliard 154 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 09:25. O'qildi: 285 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!