Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan tamaki mahsulotlari ushlandi

Farg‘onada aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan tamaki mahsulotlari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.J. “Bo‘ston” MFY hududidagi xonadoni ko‘zdan kechirilganda, respublika hududiga aylanma yo‘llar orqali kirib kelgan xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan 3 000 quti tamaki mahsulotlarini Farg‘ona shahrida sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:06 16.05.2025. O'qildi: 264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!