Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida chegaradosh hududda kuzatuvda bo‘lgan shaxs boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi to‘xtatilgan.
Tekshiruv davomida, salon va yukxonadan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan 44 dona “iPhone 16 ProMax” telefoni topilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, telefonlarning qiymati 900 mln so‘mni tashkil etadi. Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.