Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

16 dekabr kuni yana izg‘irin sovuq qaytadi

O‘zgidromet o‘zining 14-16 dekabr kunlari uchun e’lon qilgan prognozlarida bu xaqida ma’lum qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:

  • Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyati:

  • Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari

  • Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq, kunduzi 3-8° sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari:

  • Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda ba’zida 20-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 3° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

  • Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan
  • 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduz 9-14° iliq; 15 dekabrda kechasi 2-7° iliq bo‘ladi, kunduzi 0-2° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

  • Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 15 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 dekabrda kechasi 0-5° iliq bo‘ladi, kunduzi 2° sovuqqacha pasayadi; 16 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

  • Havo biroz bulutli bo‘ladi, 14-16 dekabrda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 15-16 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 15 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° sovuq; 16 dekabrda kechasi 12-17° sovuq, kunduzi 7-12° sovuq bo‘ladi.
Kiritildi: 19:02 12.12.2024. O'qildi: 1496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!