Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

A A A
Ronalduning narxi rekord darajada pastladi

«Transfermarkt» portali sahifalarida «An-Nasr»ning yulduz hujumchisi Krishtianu Ronalduning narxi yangilandi. Portugaliyalik hozirda 12 million yevroga baholanmoqda. Oxirgi yangilanishlarga ko‘ra, Krishtianu uch million qiymatini yo‘qotdi. Ya’ni, 15 million yevrodan 12 million yevroga pastladi.

«Transfermarkt» Ronalduga birinchi marta 2004 yil oktyabr oyida narx belgilagan. O‘shanda portugaliyalik 18 million yevroga baholangandi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu nufuzli portalning baholari haqida gapiradigan bo‘lsak, Krishtianuning narxi endi tarixdagi eng past narxga aylangan.

Ronalduning eng yuqori narxi 2014-2015 yillarda bo‘lgan - 120 million yevro.

Kiritildi: 18:52 13.12.2024. O'qildi: 17868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!