Isroillik ravvin G‘azoda tinch aholining o‘ldirilishini yoqlab chiqdi.
Isroil ishg‘oli ostidagi Yaffa shahridagi Shirat Moshe Hesder yeshiva rahbari Eliyahu Mali G‘azo aholisi, jumladan, bolalar va chaqaloqlarni yo‘q qilishga oid chaqiruvlari bilan chiqdi. U o‘z nutqida “yahudiycha” urush tamoyillarini misol qilib keltirgan.
“Qonunda aytilishicha, biron bir tirik jon qolmasligi kerak. Agar siz ularni o‘ldirmasangiz, ular sizni o‘ldirishadi”, degan u.
Ravvindan chaqaloqlar haqida so‘ralganida, u go‘daklarni ham o‘ldirishni yoqlagan.
“G‘azoda hammani, hatto chaqaloqlarni ham o‘ldiring. Bugun u bola, ertaga esa jangchidir”, degan sionist ravvini.
Eliyahu Mali o‘z chiqishida G‘azodagi ayollar va bolalarni xavf manbai sifatida talqin qilgan. Uning aytishicha, bugun Isroil bosqiniga qarshi kurashayotganlar, avvalroq dunyoga kelgan bolalardir. Ularni esa onalari tarbiyalaydi.
Aslida, sionistlarning bu kabi bayonotlari xalqaro hamjamiyatda jiddiy norozilik uyg‘otishi kerak. Chunki ular ochiqchasiga inson huquqlari va urush qonunlarini buzishni qo‘llab-quvvatlashmoqda.
Harbiy mojarolarda tinch aholini himoya qilish xalqaro gumanitar qonunlar asosida qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bu kabi chaqiruvlar insonparvarlik tamoyillariga ziddir.