Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda "Krishnachilar" anjumani aniqlandi

Qirg‘izistonda "Krishnachilar" anjumani aniqlandi

Qirg‘izistonda o‘zini rivojlantirish kurslari niqobi ostida "Krishnachilar" anjumani o‘tkazilgani aniqlandi. Qirg‘izistonning Bishkek shahrida "Krishna ongi" jamiyati tomonidan o‘zini o‘zi rivojlantirish kurslari niqobi ostida anjuman tashkil etilgani ma’lum bo‘ldi. Tadbirga 300 ga yaqin ishtirokchi yig‘ilgan. Qirg‘iziston tadbir tashkilotchilariga jarima soldi.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, anjumanda individual va jamoaviy meditasiya, sektaga xos bo‘lgan qo‘shiqlarni kuylash kabi amaliyotlar qo‘llangan. Tergov davomida missionerlar ruhiy ta’sir o‘tkazish va manipulyasiya qilish orqali o‘z tarmog‘ini kengaytirishga harakat qilgani aniqlangan.

Tadbir tashkilotchilari va unda ishtirok etgan sekta a’zolariga 120 ming som miqdorida jarima solindi. Qirg‘iziston qonunchiligida missionerlik faoliyati va diniy sekta targ‘iboti bo‘yicha qat’iy cheklovlar belgilangan bo‘lib, bu kabi holatlar davlat organlari tomonidan jiddiy nazorat qilinadi.

"Krishna ongi" jamiyati kabi guruhlarning faoliyati ko‘pincha ijtimoiy xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etiladi. Ayniqsa, ularning manipulyativ amaliyotlari jamiyatda tanqidga uchraydi.

Qirg‘izistondagi diniy va sekta faoliyatlari davlat tomonidan qat’iy nazorat qilinmoqda, shuningdek, bu kabi harakatlarning tarqalishi oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 21:48 13.12.2024. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!