Bugun 30 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada 6400 dona sifati kafolatlanmagan dorilar "Treker"da "yo‘lga chiqdi"

Farg‘onada 6400 dona sifati kafolatlanmagan dorilar "Treker"da  "yo‘lga chiqdi"

Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarini chetdan noqonuniy olib kirilishi va aylanishi, ichki hududda qalbaki dori vositalarini tayyorlanishi va realizasiya qilinishiga tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali qarshi kurash olib borilmoqda.

Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan ushbu yo‘nalishda Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘qon shahri “Dergezlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida to‘xtab turgan fuqaro boshqaruvidagi treker rusumli avtomashina ushlanib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida avtomashina yukxonasi va salonida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 96 mln. so‘mlik jami 6400 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:07. O'qildi: 307 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!