Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Erdo‘g‘anning shov-shuvli bayonoti: "Ular bo‘sh tobutni dafn etishdi"

A A A
Erdo‘g‘anning shov-shuvli bayonoti: "Ular bo‘sh tobutni dafn etishdi"

FETÖ tashkiloti rahnamosi Fathulloh Gulenning 40 yil davomida yaqin safdoshlaridan biri bo‘lgan va 2012 yilda tashkilotni tark etgan Letif Erdo‘g‘an Gulen rasman e’lon qilinganidek 20 oktyabrda emas, shu yilning 29 mayida vafot etganini aytdi.

«Men Fathullah Gulen 29 may kuni vafot etganiga ishonaman. Bu shunchaki mening taxminim emas, men faktlar asosida gapiryapman. Ular tashkilotda bo‘linishning oldini olish uchun buni (FETÖ etakchisining o‘limi) 5 oy davomida yashirishdi», - dedi Erdog‘an. U, shuningdek, Gulenning Pensilvaniyadagi mulkida dafn etilmaganini aytdi.

«Ular dafn marosimi deb ataydigan narsa aslida marosim edi. Men qat’iy aytamanki, Gulenning jasadi ular dafn etilgani aytilgan joyda emas. Ular bo‘sh tobutni dafn etishdi», — deya qo‘shimcha qildi Letif Erdo‘g‘an.

Kiritildi: 23:48 29.10.2024. O'qildi: 3463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!