Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Knessetda tarixiy xatoga yo‘l qo‘ydi

A A A
Isroil Knessetda tarixiy xatoga yo‘l qo‘ydi

UNRWA'ni hech qanday yordam muqobilisiz taqiqlash «fojiali» qarordir.

Isroil hukumati parlamenti BMTning falastinlik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlovchi agentligini taqiqlash uchun ovoz berganidan keyin UNRWAning yordam tarqatish harakatlariga muqobil variant taklif qilmadi, deydi sobiq isroillik diplomat Alon Liyel.

«Menimcha, Isroil Knessetidagi ovoz berish jayayoni tarixiy xato. Bu bizning parlamentimiz va yahudiy xalqi o‘tgan yilning 7-oktabr ta’siridan hanuz jarohatda ekanini ko‘rsatadi», dedi Liyel Al-Jazira telekanaliga.

Isroil jamoatchiligi «UNRWA haqiqatda nima qilayotgani haqida juda kam ma’lumotga ega», deya qo‘shimcha qildi u va Knessetdagi ovoz berish BMT nizomini buzish ekanligini ta’kidladi.

«Blinkenning bu yerga tashrifi chog‘ida Netanyaxu bilan uchrashuvida ular muhokama qilgan asosiy masala insonparvarlik yordami G‘azodagi aholiga qanday yetib borishi ekanini bilaman. Bo‘shliqni to‘ldiradigan hech kim yo‘q, shuning uchun bu fojia», dedi u.

Kiritildi: 21:48 29.10.2024. O'qildi: 2685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!