Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 10 iyul kuni fuqaro F.Z. Farg‘ona shahar O‘zbekiston ovozi ko‘chasida tanishi M.A. bilan o‘zaro gap talashib janjallashib, o‘ziga tegishli “Lasetti” rusumli avtomobilida M.A.ni urib yuborib, tan jarohati yetkazgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.A. shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan F.Z.ga nisbatan Farg‘ona shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi F.Z. Jinoyat prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.