Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan bolalarning 22 nafariga uyga javob berildi

Farg‘ona bog‘chalarida zaharlangan bolalarning 22 nafariga uyga javob berildi

Farg‘ona shahridagi ayrim davlat bog‘chalarida zaharlangan bolalardan 22 nafari uyga qaytarildi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 21 fevral kuni shahardagi 58, 2 va 61-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tana harorati ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, ich o‘tishi belgilari bilan Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilishgan edi. Bo‘limda 62 nafar bemorlar davolanayotgani bildirilgan.

25 fevral soat 08:00 holatiga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi hamda Farg‘ona shahar bolalar shifoxonasida davolangan 22 nafar bola sog‘lig‘i yaxshilangani munosabati bilan uyiga ruxsat etildi. Ular ambulator nazoratda, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, qolgan bemorlarning ahvoli nisbatan qoniqarli. Bugun kun oxiriga qadar yana bir necha nafar bolani uyiga javob berish rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, mutaxassislar tomonidan MTT oshxonalari va oziq-ovqat yetkazib beruvchi korxonada tekshiruvlar o‘tkazilib, laboratoriya namunalari tahlilga yuborilib, natijalar 10 kun ichida jamoatchilikka e’lon qilinishi bildirildi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257¹-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, barcha tegishli turdagi ekspertizalar tayinlangan holda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:36. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!