AQShning Eronga qarshi harbiy operasiyasi Vashington uchun tobora qimmatga tushmoqda. AQSh Mudofaa vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra, amaliyot xarajatlari allaqachon 37,5 milliard dollarga yetgan. Ayrim ekspertlar esa bu ko‘rsatkich 40 milliard dollarga yaqinlashganini ta’kidlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, Oq uy endi harbiy operasiyani davom ettirish uchun qo‘shimcha moliyaviy manbalar topish va bu borada Kongress qo‘llab-quvvatlovini olish vazifasiga duch kelgan.
Tahlilchilarning fikricha, xarajatlarning ortishi AQSh byudjetiga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi mumkin. Shu bilan birga, urushni moliyalashtirish masalasi Kongressda qizg‘in siyosiy muhokamalarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.