Faollar Tauer binosidagi Buyuk Britaniya imperiyasi tojining vitrinasiga olmali pirog uloqtirdi.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu aksiya uchun javobgarlikni o‘zini "zo‘ravonliksiz fuqarolik qarshiligining yangi harakati" deb atovchi Take Back Power guruhi o‘z zimmasiga olgan.
Faollar Londondagi Tauer muzeyiga pirogdan tashqari krem to‘ldirilgan idish ham olib kelib, uni ham toj turgan vitrina ustiga to‘kib yuborgan.
Polisiyaning ma’lum qilishicha, aksiyada ishtirok etgan to‘rt kishi qo‘lga olingan, ularga “mol-mulkka qasddan zarar yetkazish” ayblovi qo‘yilishi mumkin.
Mazkur hodisadan keyin Buyuk Britaniya imperiyasi toji namoyish etiladigan ekspozisiya vaqtincha yopilgan.