Al Jazeera telekanal tomonidan keltirilgan bayonotda HAMAS Eron AQSh va Isroil bilan urushda o‘zini himoya qilish huquqiga egaligini e’tirof etgan, shu bilan birga, Tehronni Yaqin Sharqdagi yangi mojaroga barham berishga undagan.
"Eron Islom Respublikasining tajovuzga xalqaro normalar va qonunlarga muvofiq barcha mavjud vositalar bilan javob berish huquqini tan olgan holda, harakat Erondagi birodarlarni qo‘shni davlatlarga zarba berishdan tiyilishga chaqiradi. Mintaqa mamlakatlari tajovuzni to‘xtatish va qardoshlik aloqalarini saqlab qolish uchun bir-biri bilan hamkorlik qilishi lozim", deyiladi HAMAS bayonotida.
AQSh va Isroilning Eronga zarbalari boshlanganidan keyin Tehron Fors ko‘rfazi mamlakatlariga raketa va dronlar bilan hujum qilishni boshladi, shuningdek, jahonda tashiladigan neftning to‘rtdan bir qismi olib o‘tiladigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘sib qo‘ydi. Eron rasmiylari Fors ko‘rfazidagi hujumlar AQShning mintaqadagi harbiy bazalariga qarshi qaratilganini aytmoqda, ammo amalda fuqarolik infratuzilmalari ham zarbalarga uchramoqda.