Bugun 24 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Falastinni tan olish shunchaki ramziy qadam bo‘lmaydi — Jan-Noel Barro

Falastinni tan olish shunchaki ramziy qadam bo‘lmaydi — Jan-Noel Barro

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro Parij Falastinni davlat sifatida tan olishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu qaror ramziy emas, balki voqeiy o‘zgarishlar kiritish uchun amalga oshiriladi.

RTL telekanali efirida so‘zga chiqqan Barro, Fransiya Falastin muammosida BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida alohida mas’uliyatga egaligini ta’kidladi. «Agar biz Falastinni tan olsak, bu uning haqiqiy davlat sifatida mavjudligini mustahkamlash uchun bo‘ladi», — dedi vazir.

Barro ma’lum qilishicha, 17–20 iyun kunlari Nyu Yorkda Fransiya va Saudiya Arabistoni hamraisligida bo‘lib o‘tadigan BMT konferensiyasida Parij Falastinni tan olish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan aniq majburiyatlarni e’lon qiladi.

Shu bilan birga, vazir mazkur anjumanda Fransiya rasman tan olish qarorini e’lon qilishi yo qilmasligi borasida aniq javob bermadi.

Parij o‘z pozisiyasini yana bir bor ta’kidladi — tan olish ma’lum shartlar bajarilgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Ular qatorida: HAMAS tomonidan asirlikda ushlab turilgan barcha mahbuslarni ozod qilish, harakatning to‘liq qurolsizlantirilishi, uni boshqaruvdan chetlatish, Isroilni tan olish va Falastin rahbariyatida islohotlar o‘tkazish talablari bor.

Kiritildi: 19:35 07.06.2025. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!