Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Falastinliklar muqobil vatanni qabul qilmaydi

Falastinliklar muqobil vatanni qabul qilmaydi

Falastin Boshqaruvi raisligi Isroilning bosib olingan G‘arbiy qirg‘oqqa hujumlarini qattiq qoraladi va falastinliklar hech qachon ko‘chirish rejalarini yoki "muqobil vatan"ni qabul qilmasligini ta’kidladi.

Matbuot kotibi Nabil Abu Rudeyn bayonotida shunday dedi: "Bosqinchi hokimiyat organlari fuqarolarni ko‘chirish va etnik tozalashni amalga oshirishga qaratilgan rejalarini ro‘yobga chiqarish uchun G‘arbiy qirg‘oqdagi Falastin xalqiga qarshi keng ko‘lamli urushni yanada kuchaytirmoqda".

"G‘arbiy qirg‘oqda bosqinchi kuchlar olib borayotgan bu tajovuzkor siyosat 29 nafar fuqaroning joniga zomin bo‘ldi, yuzlab odamlar yarador bo‘ldi va qamoqqa olindi. Buning ustiga, Jenin va Tulkarem qochqinlar lagerlaridagi butun turar-joy mavzelari vayron qilindi, minglab fuqarolar o‘z uylaridan ko‘chirildi va infratuzilma keng miqyosda izdan chiqarildi."

U AQShni "davom etayotgan Isroil tajovuzini to‘xtatish uchun juda kech bo‘lmasdan aralashishga" chaqirdi, chunki bu "barchaning zimmasiga tushadigan oqibatlar bilan boshqarib bo‘lmaydigan keskinlashuvga olib kelishi mumkin".

Bayonotda shuningdek, Trampning G‘azodagi falastinliklarni Iordaniya va Misrga ko‘chirish haqidagi taklifiga ham ishora qilingan.

"Xalqimizga tahdid solish hech kimga foyda keltirmaydi, aksincha, bu bugun yoki ertaga, bu yerda yoki mintaqada keng ko‘lamli vayronagarchilikka sabab bo‘ladi".

Kiritildi: 21:31 03.02.2025. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!