Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Falastinlik aktivist Tramp ma’muriyatini sudga berdi: da’vo miqdori 20 mln dollar

Falastinlik aktivist Tramp ma’muriyatini sudga berdi: da’vo miqdori 20 mln dollar

AQShda faoliyat yurituvchi falastinlik inson huquqlari himoyachisi Mahmud Xalil Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi 20 million dollarlik da’vo arizasi kiritdi. U o‘zini «aksilsemit» sifatida ko‘rsatish, asossiz qamoqqa olish va ta’qib uchun ma’naviy va moddiy tovon talab qilmoqda.

Mahmud Xalil — Kolumbiya universiteti bitiruvchisi va G‘azodagi urushga qarshi namoyishlarni tashkil qilgan talabalar lagerlari yetakchilaridan biri. U 104 kun mobaynida migrasiya nazorati izolyatorida saqlangan. Xalilni AQSh immigrasiya xizmati xodimlari o‘z uyi oldida fuqarolik kiyimida ushlab ketgan va ming mildan ortiq yo‘l bosib, Luizianaga jo‘natgan. Uning oilasi va advokatlari unga uzoq vaqtcha bog‘lana olmagan.

Yuristlar bu ishni «adolat ustidan mazax» deb atashdi. Ularga ko‘ra, Xalilning deportasiya qilinishi — siyosiy fikrni yerga urish va fuqarolik faoliyatini jilovlash uchun ishlatilgan vosita bo‘lgan. Grin kartaga egaligi va rafiqasi AQSh fuqarosi bo‘lishiga qaramay, rasmiylar uning mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotganini bahona qilib, chiqarib yuborishga urinishgan.

Xalil agar undan rasmiy kechirim so‘ralsa va deportasiya siyosati qayta ko‘rib chiqilsa, da’vodan voz kechishga tayyor ekanini aytdi. Nyu Jersidagi sud 20 iyun kuni uni ozod qilish haqida qaror chiqardi. Shundan so‘ng u birinchi marta yangi tug‘ilgan o‘g‘lini ko‘rish va bag‘riga bosish imkoniga ega bo‘ldi.

Kiritildi: 17:54 12.07.2025. O'qildi: 587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!