Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Falastin bosh vaziri: "Tajriba bizga "vaqtinchalik" bo‘lgan narsa keyinchalik doimiy bo‘lib qolishini o‘rgatdi"

A A A
Falastin bosh vaziri: "Tajriba bizga "vaqtinchalik" bo‘lgan narsa keyinchalik doimiy bo‘lib qolishini o‘rgatdi"

Falastin Isroilning G‘azo sektori janubida “vaqtinchalik qochqinlar lagerlari” yaratish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Falastin bosh vaziri Muhammad Shtaye bayonot berdi.

"Falastin tarixida "vaqtinchalik" degan narsa yo‘q. Tajriba bizga "vaqtinchalik" bo‘lgan narsa keyinchalik doimiy bo‘lib qolishini o‘rgatdi" - dedi u.

U ko‘chirilgan falastinliklar o‘z uylariga qaytishi kerakligini ta’kidladi.

Shtayening fikricha, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu olib borayotgan siyosat Isroilni halokatga olib keladi. "G‘azo sektori 1967 yilda bosib olingan Falastin hududining bir qismidir. U yerda yashovchi vatandoshlarimizga yordam ko‘rsatish uchun bizga hech kimning ruxsati kerak emas”, — dedi siyosatchi.

Bosh vazir ba’zi davlatlar hamon Isroilning o‘zini himoya qilish huquqiga da’vo qilayotganidan afsus bildirdi. “Bosqinchining o‘zini himoya qilish huquqi yo‘q. Isroilga harbiy yordam ko‘rsatgan har bir kishi falastinlik bolalar, ayollar va begunoh odamlarning qon to‘kilishiga sherik bo‘ladi”, — dedi u.

Kiritildi: 07:05 14.11.2023. O'qildi: 1566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!