Italiyalik mashhur insayder Fabrisio Romanoning fikricha, "Barselona" vingeri Lamin Yamal joriy mavsum "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi.
— Oltin to‘pni bu yil Lamin Yamal qo‘lga kiritadimi?
— Menimcha, ha – u qo‘lga kiritadi deb o‘ylayman. Biz bu haqida ko‘p hamkasblarim, jurnalistlar bilan suhbatlashdik. Hammaning fikri shunga boradi: ayni damda Yamal singari jozibali va sehrli futbol o‘ynaydigan boshqa futbolchi yo‘q. U maydonda haqiqiy mo‘’jizalarni namoyish etmoqda, va bu – "Oltin to‘p"ga munosib ko‘rsatkich", - dedi Romano.