Payshanba, 26 mart kuni JCH-2026 saralashining pley-off bosqichi doirasida yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Shu tariqa, hal qiluvchi final bosqichining barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.
Evropa mintaqasidagi final juftliklari:
Bosniya va Gersegovina — Italiya
Shvesiya — Polsha
Kosovo — Turkiya
Chexiya — Daniya
Ushbu uchrashuvlar seshanba kuni, 31 martda bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoalar kelasi yozda AQSH, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritadilar.