Germaniya kansleri Fridrix Mers Yevropa diplomatiyasi faqat harbiy ko‘mak mavjud bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘lishini ta’kidladi.
Bu haqda Der Spiegel nashri xabar bermoqda.
«Evropaning diplomatik qudrati faqatgina biz uni harbiy imkoniyatlar bilan mustahkamlagan taqdirimizdagina haqiqiy samara beradi», — dedi u.
Mers, shuningdek, Fransiya bilan qit’a xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qilayotganini qo‘shimcha qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap hatto «Evropa yadroviy soyaboni» haqida ham borishi mumkin.
«Evropa xavfsizligi uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi muhokamada», — deya ta’kidladi kansler.