Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Evropadagi har 10 ta ayoldan 6 tasi ish joyida jinsiy zo‘ravonlikdan aziyat chekadi

Evropadagi har 10 ta ayoldan 6 tasi ish joyida jinsiy  zo‘ravonlikdan aziyat chekadi

Evropadagi besh mamlakatda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bu yerdagi ayollarning oltmish foizi ish joyida jinsi uchun tahqirlanadi yoki jinsiy zo‘ravonlikka duchor bo‘ladi.

Fransiyaning “Ifop” tadqiqot guruhi tahqirlanganlarning 40 foizdan ko‘prog‘i 30 yoshgacha bo‘lgan ayollardir, deb ma’lumot bergan. Tadqiqotda qatnashgan 5000 ming kishining 10 foizdan ortig‘i ish joyida «istalmagan» jinsiy aloqada bo‘lishga majburlangan.

Bundan tashqari,  ayollarning to‘qqiz foizi hech bo‘lmaganda bir marta hamkasbi tomonidan «jinsiy tusdagi harakat»,  masalan,  ish yoki lavozim evaziga jinsiy aloqa qilish uchun «tazyiq qilinganini» aytishdi. Tadqiqot Fransiya, Germaniya, Italiya,  Buyuk Britaniya va Ispaniya mamlakatlarida o‘tkazilgan.

Bu zo‘ravonlik qurbonlarining juda oz qismi “jimjitlik devori”ni buzib o‘tib, tegishli idoralarga murojaat qilishga jazm etgan.  Noto‘g‘ri munosabatda bo‘lingan ayollarning atigi 13 foizi va jinsiy aloqaga majburlanganlarning 16 foizi muammoni hal qilish uchun kimdir bilan,  masalan, ish joyidagi boshliq yoki kasaba uyushmasi xodimi bilan gaplashganliklarini aytishdi.

Manba: tarjumon.uz

Kiritildi: 22:30 13.10.2019. O'qildi: 7099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!