Milanning "Inter" klubi Italiya kubogi yarim finalida "Milan"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvi "rossonerilar"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Qarama-qarshilikning umumiy natijasi - 4:1. Shu tariqa, "Inter" "katta trebl" (mamlakat kubogi, chempionati va Chempionlar ligasi) da’vogarlari qatoridan chiqib ketdi. Bu natijani endi faqat "PSJ" yoki "Barselona" uddalashi mumkin.
Chempionlar ligasi yarim finalida parijliklar Londonning "Arsenal" klubi bilan, "ko‘k-anorranglilar" esa aynan "Inter" bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, "PSJ" Liga 1 chempionligini allaqachon qo‘lga kiritgan. Fransiya kubogi finalida Luis Enrike jamoasi "Reyms"ga qarshi maydonga tushadi.
"Barselona" La Ligada finishga 5 tur qolganida peshqadamlik qilmoqda va "Real"ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda. 26 aprel kuni Xans-Diter Flik jamoasi Ispaniya kubogi finalida "Real" bilan o‘ynaydi.