AQSh vitse-prezidenti J.D. Vans Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi nutqida Yevropa bo‘ylab so‘z erkinligining "orqaga ketishi" deb atagan holatni tanqid qildi.
"Evropaga nisbatan meni eng ko‘p tashvishga solayotgan tahdid - bu Rossiya emas, Xitoy ham emas, boshqa biror tashqi kuch ham emas," - dedi Vans. "Meni xavotirga solayotgan narsa - ichkaridan kelayotgan tahdid: Yevropaning o‘zining eng asosiy qadriyatlaridan - Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan umumiy bo‘lgan qadriyatlardan chekinishi."
"Afsuski, butun Yevropa bo‘ylab so‘z erkinligi orqaga ketmoqda," - deya qo‘shimcha qildi u.
"Donald Tramp rahbarligida biz sizning qarashlaringizga qo‘shilmasligimiz mumkin, ammo biz sizning jamoat maydonida fikringizni bildirish huquqingizni himoya qilamiz - bunga rozi bo‘lamizmi yo‘qmi, bundan qat’i nazar."