Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar paketini tayyorladi

Evropa Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar paketini tayyorladi

Evropa davlatlari Rossiyaga nisbatan qattiqroq sanksiyalar paketini tayyorladi.

Bu haqda Yevroparlament rahbari Roberta Metsola Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

"Evropa Ukrainaga gumanitar, harbiy va diplomatik yordamni kuchaytiradi. Yevropa kelishilgan va qattiq sanksiyalar orqali Rossiyaning "urush mashinasi"ni zaiflashtirishda davom etadi. Biz Moskvaga uning harakatlari javobsiz qolmasligini isbotlashimiz mumkin va bu ishni tiyib turish va tinchlikni ta’minlash uchun birgalikda qilamiz", - dedi Metsola.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!