Evropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi institutlaridan tashqari, muzokaralarda «Istovchilar koalisiyasi» tarkibidagi besh davlat — Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha ham vakillik qiladi.
Evropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning tushuntirishicha, Yevropa Ittifoqi tomonidan muzokaralarda Yevrokomissiya va Yevropa Ittifoqi Kengashi vakillari qatnashadi.
«Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz va manfaatlarimizni himoya qilamiz», — dedi u.
Antoniu Koshtaning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqining muzokaralardagi tamoyillari va pozisiyasi aniq. Uning qayd etishicha, Yevropa jamoasi o‘z faoliyatini yaqin hamkorlik va to‘liq birlikda davom ettiradi.
Koshta Yevropa Ukraina kelajagi va qit’a xavfsizligini belgilaydigan barcha muzokaralarda yagona va aniq pozisiya bilan ishtirok etishi kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukrainaning Yevropadagi kelajagi, mamlakatni qayta tiklash va uning farovonligini ta’minlash bo‘yicha muzokaralarda markaziy rol o‘ynaydi.