Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" "Lion" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Evropa ligasi. "Manchester Yunayted" "Lion" bilan o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

"Manchester Yunayted" Yevropa Ligasi chorak finalining dastlabki bahsida "Lion" mehmoni bo‘ldi - 2:2.

Uchrashuvning 26-daqiqasida mezbonlar forvardi Tiago Almada hisobni ochdi. Mehmonlar birinchi bo‘lim oxirida hisobni tenglashtirdi - 45+5-daqiqada himoyachi Leni Yoro gol urdi. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganida mankunianliklar forvardi Joshua Zirkzee havbek Bruno Fernandeshning uzatmasidan so‘ng mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda "Lion" yarim himoyachisi Rayan Sherki darvozabon Andre Onanning xatosidan so‘ng "MYu" darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi.

Manchesterdagi javob o‘yini 17 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 08:49 11.04.2025. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!