Evropa Ligasida 1/8 finalning dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
«Roma» o‘z maydonida «Atletik Bilbao»ni qiyinchilik bilan mag‘lub etdi. Rimliklarning g‘alaba golini zaxiradan maydonga tushgan Eldor Shomurodov 90+3 daqiqada kiritdi.
Markaziy o‘yinda «Manchester Yunayted» safarda «Real Sosiyedad» bilan durangga imzo chekdi.
«Tottenhem» Niderlandiyada «AZ»ga kichik hisobda yutqazdi, «Fenerbahche» o‘z uyida «Reynjers»dan yengildi, «Lion» Ruminiyada g‘alaba nashidasini surdi.
Evropa Ligasi. 1/8 final
Real Sosiyedad – MYu 1:1
AZ – Tottenhem 1:0
Fenerbahche – Reynjers 1:3
Styaua – Lion 1:3
Roma – Atletik 2:1
Ayaks – Ayntraxt 1:2
Viktoriya Plzen – Lasio 1:2
Budyo-Glimt – Olimpiakos 3:0