Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Evropa klubi Saloh uchun taklif bilan chiqishga tayyor

Evropa klubi Saloh uchun taklif bilan chiqishga tayyor

Muhammad Saloh 2024/2025 yilgi mavsumni yorqin o‘tkazdi va "Liverpul" bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirdi. Biroq joriy mavsum misrlik uchun oson kechmayapti. Saloh so‘nggi ikki o‘yinda "qizillar"ning asosiy tarkibiga ham kira olmadi.

Mish-mishlar yana 33 yoshli Salohni Saudiya Arabistoni bilan faol bog‘lamoqda, ammo misrlik uchun Yevropada ham variant bor. Fichajes xabariga ko‘ra, Muhammadga "Galatasaroy" ham taklif tayyorlamoqda. Istanbul "sherlari" yanvar oyidayoq taklif bilan chiqishi mumkin.

Salohga har mavsum uchun taxminan 20-22 million dollar va foydali homiylik shartnomalari, shuningdek, u muhim shaxs bo‘ladigan sport loyihasi taklif qilinadi.

Kiritildi: Bugun 21:47. O'qildi: 151 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!