Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Abduqodir Husanov JCH-2026'da ishtirok etadigan TOP-100 futbolchi reytingiga kiritildi

Abduqodir Husanov JCH-2026'da ishtirok etadigan TOP-100 futbolchi reytingiga kiritildi

The Athletic nashri sahifalarida kelasi yozda jahon chempionatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan eng yaxshi 100 futbolchi reytingi e’lon qilindi.

Ushbu reytingning birinchi pog‘onasiga mualliflar "Real" safida muntazam gol urib kelayotgan Fransiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappeni qo‘yishgan. Qizig‘i, o‘tgan mundial finalida Argentinaga qarshi o‘yinda Mbappe xet-trik qayd etgan, ammo fransuzlar 3:3 hisobidagi durangdan keyin penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishgandi.

Ikkinchi pog‘onadan Norvegiya terma jamoasiga 1998 yildan beri ilk bor jahon chempionatiga chiqishga yordam bergan Erling Xoland joy oldi. Kuchli uchlikni Lamin Yamal yakunlab berdi.

Keyingi o‘rinlarni Xarri Keyn, Pedri, Jud Bellingem, Vinisius Junior, Lionel Messi, Kevin de Bryuyne va Janluiji Donnarumma egalladi.

Krishtianu Ronaldu - 25-o‘rinda. O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov - 86-o‘rinda.

Kiritildi: 23:34 04.12.2025. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!