Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Vens: "Yaqin haftalarda Ukraina borasida xushxabar paydo bo‘lishi mumkin"

Vens: "Yaqin haftalarda Ukraina borasida xushxabar paydo bo‘lishi mumkin"

AQSh vise-prezidenti Djey Di Vens 4 dekabr kuni Ukraina mojarosiga oid yaxshi xabar yaqin haftalarda paydo bo‘lishi mumkinligini aytdi.

"Biz hali u yerda emasmiz. O‘ylaymanki, kelgusi bir necha hafta ichida bu jabhada yaxshi yangiliklar bo‘lishiga umid bor", dedi u NBC News telekanaliga bergan intervyusida.

Vise-prezidentning qo‘shimcha qilishicha, u va "butun Oq uy" Ukraina inqirozi haligacha hal etilmaganidan hafsalasi pir bo‘lgan.

Tramp ma’muriyati bu mojaroni hal qilish ancha sodda vazifa bo‘lishiga ishondi, deb ta’kidladi Vens.

2 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Kremlda muzokara o‘tkazdi. Uchrashuv besh soatdan keyin yakunlandi.

Kiritildi: Bugun 10:00. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!