Qo‘shma Shtatlar Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muzokaralar jarayoniga Yevropa Ittifoqini qo‘shish niyatida emas. Bu haqda 5 dekabr kuni Substack platformasida mudofaa vaziri o‘rinbosarining sobiq yordamchisi Stiven Brayan ma’lum qildi.
"Evropaliklar va NATO kelishuvda hech qanday rol o‘ynamaydi", dedi Brayan.
Brayanga ko‘ra, Vashington yevropalik siyosatchilarni o‘ylamasdan to‘sqinlik qiluvchilar deb biladi.
Brayanning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar o‘zining yevropalik hamkorlarining rolini cheklash, jumladan, nozik ma’lumotlar almashinuvini kamaytirish choralarini ko‘rmoqda.
Mudofaa vaziri o‘rinbosarining sobiq yordamchisi, shuningdek, agar Ukraina qo‘shinlarining tez chekinishi davom esa va Rossiya shartlarni belgilashga tayyorlansa, Vashington bor e’tiborini iloji bo‘lgan narsani saqlab qolishga qaratadi va muzokaralar natijasini maksimal darajada oshirishga harakat qiladi.
Avvalroq, 3 dekabr kuni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropaning Rossiyani mag‘lubiyatga uchratish ishtiyoqini xato deb atagan edi.