Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiyev Amerika tomoni bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichida har qanday ssenariyga tayyorligini aytdi.
Ukraina yetakchisi bu haqda o‘zining Telegram-kanalidagi kechki murojaatida o‘z pozisiyasini bayon qildi.
Uning eslatishicha, Ukraina delegasiyasi bugun AQShda AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi bilan muzokaralarni davom ettiradi va uning asosiy maqsadi Moskvada AQSh prezidentining maxsus elchilari Stiv Uitkoff va Jared Kushner hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuvda nima deyilganini aniqlashdan iborat.
Uitkoff, Kushner va Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov o‘rtasidagi uchrashuv avval xabar qilinganidek, Mayamida bo‘lib o‘tadi.
"Hozirgi vazifamiz Rossiyadagi muzokaralarda aytilgan gaplar haqida to‘liq ma’lumot olishdir", dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, Ukraina "barcha hamkorlarimiz bilan munosib tinchlik uchun imkon qadar konstruktiv ishlaydi".