Evropa Kengashining press-relizida qayd etilishicha, yangi sanksiyalar rejimi “Evropa Ittifoqining asosiy qadriyatlari va uning xavfsizligiga putur yetkazish” bilan shug‘ullanuvchi shaxslar va kompaniyalarni nishonga olish imkonini beradi.
Yangi sanksiyalar ro‘yxatidan joy olganlarning aktivlari muzlatiladi va Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlanadi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolari va kompaniyalariga ular bilan moliyaviy amaliyotlar o‘tkazish taqiqlanadi.