Evropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari G‘arbiy Sohilda falastinliklarga qarshi hujumlarda ishtirok etgan yahudiy ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalar joriy etishni ma’qulladi.
Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjumanida Ispaniya tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares aytib o‘tdi.
“Bugun biz G‘arbiy Sohilda falastinliklarni ta’qib qilayotgan zo‘ravon ko‘chmanchilarga qarshi sanksiyalarni bir ovozdan ma’qulladik”, dedi u.