Evropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan AQSh prezidenti Donald Trampga nisbatan ommaviy tanqidlarini yumshatishni so‘ramoqchi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiyning keskin bayonotlari Yevropa yetakchilarini hayratda qoldirgan. Ular juma kuni Bryusselda Ukraina rahbari bilan uchrashib, uning ritorikasini yumshatishga chaqirishni rejalashtirmoqda.
Bunga Zelenskiyning Financial Times nashriga bergan intervyusida Trampning Rossiya bilan dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuvini tanqid qilgani va AQSh yordamining to‘xtatilishini «xavfli» deb atagani sabab bo‘lgan.
Avvalroq Britaniyaning The Spectator jurnali AQSh prezidenti va Ukraina rahbari o‘rtasidagi munosabatlar shu qadar yomonlashganini, ularni tiklash qiyin bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
10 oktyabr kuni Tramp jurnalistlar bilan suhbatda Zelenskiy Ukrainadagi mojaroni hal qilish uchun ko‘p marta imkoniyatga ega bo‘lgani, ammo bundan foydalanmaganini aytdi. Uning fikricha, Ukrainaga Rossiya bilan kelishuvga erisha oladigan yangi rahbar kerak.
Zelenskiyning prezidentlik vakolati 2024 yil 20 mayda tugashi kerak edi. Biroq harbiy holat va umumiy safarbarlik joriy etilgani sababli navbatdagi prezidentlik saylovlari o‘tkazilmadi.