Zavodlar Chexiya, Litva, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya va Ispaniyada quriladi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Evropa Ittifoqining Yevropa yuqori samarali hisoblash (EuroHPC) hamkorlik tashabbusi doirasida Chexiya, Litva, Niderlandiya, Polsha, Ruminiya va Ispaniyada “AI zavodlari” deb nomlangan yangi markazlar tashkil etiladi.
Lyuksemburgda joylashgan EuroHPC Yevropa bo‘ylab superkompyuter texnologiyalari va ilovalarini ishlab chiqishga qaratilgan yangi markazlarni joylashtirish rejalarini elon qildi.
E’londa ta’kidlanishicha, EuroHPC qo‘shimcha sun’iy intellekt ob’ektlarini joylashtirish uchun yuqorida qayd etilgan 6 ta davlatni tanlagan.
“Evropada bunday markazlar uchun 13 ta joy aniqlangan. Ular birgalikda qit’ada texnologik yechimlarni ishlab chiqishga yordam beradigan o‘zaro bog‘langan sun’iy intellekt innovasion markazlari tarmog‘ini yaratishni maqsad qilgan”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, ushbu 6 ta davlat sun’iy intellekt sohasidagi Yevropa salohiyatini yanada kengaytiruvchi sun’iy intellekt uchun optimallashtirilgan hisoblash tizimlari va qo‘shimcha infratuzilmani yaratishi ma’lum qilindi.
E’londa aytilishicha, “AI zavodlari” Yevropa AI startaplari, kichik va o‘rta korxonalar va tadqiqotchilarga keng qamrovli xizmatlar ko‘rsatadigan milliy kirish markazlarini taklif qiladi.
Oltita zavod Yevropa Ittifoqi va unga a’o davlatlardan 500 million yevrodan ortiq mablag‘ oladi. Bu harakat Yevropaning hisoblash quvvatini oshirish va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida sun’iy intellektni joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan.