Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Evropa Ittifoqi va Britaniya rahbarlari Trampning Ukraina bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Evropa Ittifoqi va Britaniya rahbarlari Trampning Ukraina bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Evropa Ittifoqi davlatlari va Buyuk Britaniya rahbarlari AQSh prezidenti Donald Trampning Ukrainada urushni tugatish va adolatli hamda barqaror tinchlikka erishish bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Report Yevropa byurosi xabar berdi.

Qo‘shma bayonotda ta’kidlanishicha, keyingi qadam Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida yangi muzokaralar bo‘lishi kerak. Yaqin kunlarda Tramp va Zelenskiy uchrashuvi rejalashtirilgan.

Hujjatga Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen, Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Italiya bosh vaziri Jordjiya Meloni, Polsha bosh vaziri Donald Tusk, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Mers imzo chekkan.

Bayonotda ta’kidlanishicha:

  • Ukraina, AQSh va Yevropa ishtirokida uch tomonlama sammit o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

  • Kiyev o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun qat’iy xavfsizlik kafolatlarini olishi kerak.

  • AQSh bunday kafolatlarni berishga tayyor ekani bildirildi.

  • Ukraina qurolli kuchlariga cheklovlar qo‘yilmasligi, Rossiya esa Ukraina yo‘lini YEI yoki NATOga tomon to‘sish huquqiga ega emasligi qayd etildi.

Shuningdek, hech bir xalqaro chegara kuch yo‘li bilan o‘zgartirilmasligi va hudud masalasida qaror faqat Ukraina tomonidan qabul qilinishi mumkinligi urg‘ulandi. G‘arb davlatlari Ukrainaga ko‘mak berishni davom ettirishini va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiraverishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:31 16.08.2025. O'qildi: 888 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!