EI'ning Ukraina po‘lat importini ikki barobarga qisqartirish rejasi Kiyev iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazishi va mamlakatni hayotiy muhim eksport daromadlaridan mahrum qilishi mumkin.
Gazetaning Ukraina rasmiylari va po‘lat ishlab chiqaruvchilariga tayanib yozishicha, Bryussel 1 iyuldan boshlab po‘lat importi kvotasini 47 foizga kamaytiradi hamda belgilangan hajmdan ortiqcha har qanday yetkazib berish uchun 50 foizlik boj joriy etadi.
Bu chora jahon bozorida ishlab chiqarish hajmining haddan tashqari ortib ketgani va buning oqibatida import keskin ko‘payganiga nisbatilgan javobdir. Shuningdek, mazkur vaziyat tufayli Yevropa zavodlari o‘n minglab ish o‘rinlarini yo‘qotdi va past quvvatda ishlashga majbur bo‘lmoqda.
Ukraina po‘lat bozori YEI uchun asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Kiyev rasmiylari eksport hajmining 70 foizga tushib ketishi mamlakat uchun 1 milliard yevro miqdoridagi eksport daromadlarining yo‘qotilishiga olib kelishidan ogohlantirdi, deyiladi xabarda.