Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa Ittifoqi sun’iy intellekt uchun 388 million yevrolik superkompyuter buyurtma qildi

Evropa Ittifoqi sun’iy intellekt uchun 388 million yevrolik superkompyuter buyurtma qildi
Evropa Ittifoqi sun’iy intellektni rivojlantirish uchun Fransiyaning davlat kompaniyasi Bull AI kompaniyasiga yangi yuqori unumdor superkompyuter buyurtma qildi. Shartnoma qiymati 387,8 million yevroni tashkil etadi, deb xabar beradi DW nashri. Buyurtmani superkompyuter texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi Yevropa agentligi EuroHPC bergan. Yangi hisoblash majmuasini Finlyandiyada ishlab turgan data-markazga o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Superkompyuterni 2027 yilning ikkinchi yarmida ishga tushirish rejalashtirilgan. U sun’iy intellekt va yuqori unumdor hisoblashlar uchun Yevropa infratuzilmasining bir qismiga aylanadi. Bull AI bir necha oy oldin Atos IT-konsernining strategik ahamiyatga ega aktivlari negizida tashkil etilgan. Kompaniya moliyaviy muammolarga duch kelganidan so‘ng ushbu aktivlar Fransiya davlati nazoratiga o‘tgan. Hozirda EuroHPC sun’iy intellekt uchun 19 ta ma’lumotlarni qayta ishlash markazi va taxminan 10 ta superkompyuterga ega. Yevropa tarmog‘iga Germaniyadagi Yulix tadqiqot markazida o‘rnatilgan Jupiter superkompyuteri ham kiradi. EuroHPCning infratuzilma bo‘yicha direktori Yevangelos Florosning aytishicha, tarmoq yaqin yillarda kengayishda davom etadi. Sun’iy intellekt uchun hisoblash quvvatlariga bo‘lgan talab mavjud resurslardan oshib ketgan. EuroHPC tomonidan moliyalashtiriladigan superkompyuterlar, jumladan, Yevropa sun’iy intellekt modellarini o‘qitish va rivojlantirish uchun ham qo‘llaniladi.
Kiritildi: 15:47 02.09.2026. O'qildi: 866 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!