Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘onadagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasida akula boqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Farg‘ona viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi holatni o‘rganib, yerto‘lada akula emas, Siam somi (pangasius) boqilganini aniqladi.
Ushbu baliq tashqi ko‘rinishi akulaga o‘xshagani uchun «akulali som» deb ham ataladi.
Fuqaro internetda tarqalgan noto‘g‘ri ma’lumot uchun uzr so‘rab, baliqlarni yerto‘ladan hovlisiga ko‘chirganini bildirdi.