Evropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Rossiya Markaziy bankining Yevropada saqlanayotgan aktivlarini noma’lum muddatga muzlatib qo‘yishga rozi bo‘lishdi.
Bu ma’lumot Reuters tomonidan 12 dekabr, juma kuni xabar qilindi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, qaror umumiy qiymati 210 milliard yevro bo‘lgan aktivlarga taalluqlidir.