Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Evropa Ittifoqi eng yirik partiya rahbarini sayladi

Evropa Ittifoqi eng yirik partiya rahbarini sayladi

Bugun Ispaniyaning Valensiya shahrida Yevropa xalq partiyasining qurultoyi bo‘lib o‘tadi.

Bir kun avval Yevropadagi eng yirik o‘ng markazchi xalq partiyasi o‘z raisi Manfred Veberni ikkinchi uch yillik muddatga qayta sayladi.

Nemis deputati o‘tgan yil oxirida ichki hokimiyat uchun kurashdan so‘ng saylovda g‘alaba qozonib, partiyaning eng yirik delegasiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi.

EXP Yevropa Ittifoqidagi eng yirik siyosiy kuchdir. Bu partiya Yevroparlamentdagi eng yirik siyosiy guruh hisoblanib, 14 ta Yevropa komissari, Yevropa kengashida 12 ta yetakchi va 188 ta qonun chiqaruvchidan iborat.

Tadbirda Yevrokomissiya raisi U.Lyayen va Yevroparlament rahbari R.Metsola ishtirok etadi.

Qurultoyda partiyaning vise-prezidentlari, bosh kotibi va g‘aznachisi ham saylanadi.

Evroparlamentning ayrim a’zolariga qarshi korrupsiya ayblovlari bo‘yicha tergov davom etmoqda. 2022 yildan buyon inson huquqlari bo‘yicha quyi qo‘mita rahbari bo‘lgan Belgiya parlamenti deputati Mariya Arena ham tergov ostida.

Kiritildi: 21:22 30.04.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!