Evropa Ittifoqi Eron bilan Ormuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini qayta tiklash masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda birlashmaning tashqi siyosat xizmati vakili Anvar al-Anuni ma’lum qildi.
Uning RIA Novosti keltirgan so‘zlariga ko‘ra, ushbu muzokaralar diplomatik darajada olib borilmoqda. Al-Anuni YEI «cheksiz urush»dan manfaatdor emasligini alohida ta’kidladi.
«Ormuz bo‘g‘ozini ochiq holda saqlab qolish bizning va YEIning manfaatlarimizga mos keladi», — deya qo‘shimcha qildi u.