17-aprel, payshanba kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp va Italiya bosh vaziri Jorjio Meloni o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.Siyosatchilar yaxshi til topishmoqda, Yevropada esa Meloni safariga katta umidlar bor – u tariflar masalasini hal qilishi mumkin. Biroq, buning uchun Tramp o‘z vatandoshlariga g‘alaba sifatida taqdim etishi mumkin bo‘lgan jozibador taklif bilan chiqishi kerak.
Hozirda shunday taklif tayyorlanmoqda. Bryussel hukumatlar AQShdan ko‘proq qurol va gaz sotib olishga tayyormi yoki yo‘qligini bilish uchun Yevropa Ittifoqi poytaxtlarining pozisiyalarini sinovdan o‘tkazmoqda. Corriere della Sera gazetasining yozishicha, Rim va Berlin bunga tayyor.
Yevropa Ittifoqining 2030-yilgacha qayta qurollanish dasturi doirasida Amerika qurollarini xarid qilish Yevropa harbiy-sanoat kompleksiga ustunlik berish rejasidan voz kechishni anglatadi.
Demak, agar bu g‘oya Parij tomonidan to‘sqinlik qilmasa, Meloni Trampga ushbu kelishuvni taklif qilishi mumkin bo‘ladi. Yevropa Ittifoqining Savdo bo‘yicha komissari Marosh Shefchovich amerikalik hamkasblari bilan AQShning YEI bilan savdo kamomadini qanday qilib nolga tushirishni imkon qadar tezroq muhokama qilish uchun Vashingtonga jo‘nab ketdi.
Jorja Meloni ham Tramp bilan suhbatida Xitoy masalasini ko‘tarish niyatida ekanligini ochiq aytdi. U AQSh bilan bojxona mojarosida Yevropa Ittifoqi va Xitoy ittifoqidan qochishni istaydi va Vashington bilan imkon qadar tezroq kelishuvga erishmoqchi. Meloni o‘z maqsadini quyidagicha ifodalaydi: "0:0" yechimi, ya’ni Atlantikaning har ikki tomonida barcha tariflarni bekor qilish.