Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi

Vladimir Putin Kursk viloyati to‘liq ozod qilinganini e’lon qildi.

"Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi", — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, RF Qurolli kuchlari Bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimovning hisobotidan so‘ng.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi Kursk viloyatida "katta yo‘qotishlarga uchragan".

Gerasimov esa Kursk viloyatini ozod qilishda KXDR harbiylari "yuqori professionallik" ko‘rsatganini ta’kidladi. Bu Rossiya racmiylarining birinchi marta Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kursk viloyati uchun olib borilgan janglarda ishtirok etganini rasman tan olishi hisoblanadi.

Kiritildi: 17:11 26.04.2025. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!