Evropa Ittifoqi AQSh Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatgan taqdirda qanday chora ko‘rish bo‘yicha favqulodda reja ishlab chiqmagan. Bu haqda Yevropa parlamentining fransuz deputati Tyerri Mariani «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Marianining ta’kidlashicha, hozirgi yondashuv Yevropa davlatlaridan Amerika qurollarini sotib olib, keyin ularni Ukrainaga yetkazib berishni talab qiladi. Biroq, uning fikricha, bunday tizim AQShga qaramlikni saqlab qoladi.
«Agar Vashington ta’minotni to‘xtatsa yoki AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqidan yuz o‘girishga qaror qilsa, hatto favqulodda reja ham Yevropani qutqara olmaydi», — dedi u.
Evroparlament deputati ma’lum qilishicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qurol-yarog‘ va boshqa harbiy texnika xaridi uchun allaqachon 100 milliard yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan. Uning aytishicha, ushbu xaridlarning 60 foizdan ortig‘i AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.
Mariani bunday vaziyat Yevropa davlatlarining harbiy ta’minot borasida Vashingtonga qaramligini kuchaytirishini ta’kidladi. Uning fikricha, Yevropa Ittifoqi faqat qurol xaridi bilan cheklanib qolmasdan,