Bugun 17 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Evropa “dronlar to‘sig‘i”dan yuz o‘girdi — Rossiya bilan chegarada xavf saqlanib qolmoqda

Evropa “dronlar to‘sig‘i”dan yuz o‘girdi — Rossiya bilan chegarada xavf saqlanib qolmoqda

Evropa Rossiya bilan chegarada "dronlar to‘sig‘i" bo‘lishini xohlamaydi.

ERR teleradiokompaniyasi xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi Estoniya va Litvaning Rossiya bilan chegarada "dronlarga qarshi to‘siq" qurish uchun mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi iltimosini rad etdi.

Estoniya va Litva chegara xizmatlari birgalikda "dronlarga qarshi to‘siq" barpo etish uchun Yevropa Ittifoqidan moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan edi. Loyihada Rossiya bilan sharqiy chegarani nazorat qilish va dronlarga qarshi uskunalar o‘rnatish nazarda tutilgandi. Estoniya hukumati bu maqsadlar uchun uch yil davomida taxminan 12 million yevro ajratishni, qo‘shimcha mablag‘ni esa Yevropa Ittifoqi jamg‘armalaridan jalb qilishni rejalashtirgan edi.

Biroq, Yevropa Ittifoqi bu tashabbusni ma’qullamadi. Endi Estoniya va Litva loyihani amalga oshirish uchun mustaqil ravishda boshqa moliyalashtirish manbalarini izlashiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 22:53 07.04.2025. O'qildi: 1451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!